TIQXMMI yangiliklari

img
19.10.2022

Abdulla Qahhor uy - muzeyida

      Joriy yilning 19-oktabr kuni "Gidromelioratsiya" fakulteti tyutori G.Z. Axmedjanova rahbarligida 1-kurs talabalari bilan birgalikda Abdulla Qahhor uy muzeyiga tashrif buyurishdi. Abdulla Qahhor uy - muzeyi adabiy memorial muzey bõlib, 1987-yilda tashkil topgan. Muzey fondida 5035 ta eksponatlar mavjud. Muzey Abdulla Qahhor hayoti, ijodi va merosi nomli bõlimlaridan iborat. Uning 1-bõlimida adib hayotining turli bosqichlari, muhim voqealari haqida hikoya qilinadi. 2-3 bõlimida esa adib ijodining ilk yozgan qõlyozmalari va adibga hurmat va ehtirom sifatida berilgan mukofotlar va esdalik sovğalari joylashtirilgan. Talabalarni bõsh vaqtini unumli va mazmunli õtkazish maqsadida borilgan ushbu tashrif buyuk ajdodlarimizga bõlgan hurmatni yanada oshirdi. Talabalar bu tashrifdan juda ham kõtarinki ruhda qaytishdi.

        Universitet matbuot xizmati