TIQXMMI yangiliklari

img
11.05.2024

Abdulla Oripovni xotirlab...

9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari X.Ro’zmetov va I.Ahmedovalar tashabbusi bilan fakultet yoshlari ishtirokida O’zbekiston Qahramoni, O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov xotirasini yod etish maqsadida Adiblar xiyobonida tadbir tashkil etildi. Unda talabalar shoir ijodidan she’r va qo’shiqlar kuylashdi, shoirning hayoti va ijodi bilan bog’liq savol javoblar hamda viktorinalarda ishtirok etdilar. Shaxmat, shashka kabi o’yinlarda ham talabalar o’z faolligini ko’rsatishdi. Yakunda esa talabalar shoirning ijodidan “Yurtim” she’rini jo’r bo’lib ijro qildilar. Abdulla Oripovning yorqin xotirasi avlodlar qalbida mangu qoladi.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari X.Ro’zmetov va I.Ahmedovalar axboroti

Universitet matbuot xizmati