5+1 tizimi imkoniyatlar
Joriy yilning 27-may kuni “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi III-bosqich, 303 va 305 - o‘quv guruhi talabalari Toshkent shahrining Mirobod tumani 8-mart ko‘chasi, 57-uyda joylashgan O‘zbekiston-Belarussiya qo‘shma korxonasining “Amkodor-Toshkent mas'uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurib, u yerda ishlab chiqarish sharoitlari, korxonadagi mavjud qurilish va melioratsiya mashinalari turlari texnik tasniflari samarali ishlatish usullari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, korxona rahbari Bobur Xusanov bilan qizg‘in bahs-munozaralar, savol-javoblar ishga joylashish masalalari va bo‘lg‘usi mutaxassislarga korxona tomonidan qo‘yiladigan malakaviy talablar yuzasidan davra suhbatlari ham uyushtirildi.
Universitet matbuot xizmati