TIQXMMI yangiliklari

img
30.04.2022

5+1 tizimi bo‘yicha tashrif

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - yil 8 - oktabrdagi 5847-sonli farmoniga binoan “5+1” tizimini oliy ta’lim muassasalarida joriy qilish va ishlab chiqarish bilan ta’lim jarayonini integratsiyasini yaxshilash maqsadida Universitetimizning  “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi talabalarni ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiyasini yaxshilash va yangi texnologiyalar bilan tanishtirish keng targ‘ib qilish maqsadida 2 kurs talabalarini 2022 - yil 28-aprel kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti” (FTI)  ga  tashrif  buyurishdi.

Institutning bosh muhandisi va boshqa mutaxassislar tomonidan u yerdagi ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari hamda quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan talabalar tanishtirildi. Ekskursiya davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga korxona mutaxassislari tomonidan to‘liq javob olishdi. Ekskursiya davomida talabalar juda qiziqarli va kerakli ma’lumotlarni olishdi hamda kelgusida malakaviy amaliyotlarni ham shu yerda tashkil etishni kelishib olishdi.

Universitet matbuot xizmati