5+1 tizimi bo‘yicha tashrif
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - yil 8 - oktabrdagi 5847-sonli farmoniga binoan “5+1” tizimini oliy ta’lim muassasalarida joriy qilish va ishlab chiqarish bilan ta’lim jarayonini integratsiyasini yaxshilash maqsadida Universitetimizning “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi talabalarni ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiyasini yaxshilash va yangi texnologiyalar bilan tanishtirish keng targ‘ib qilish maqsadida 2 kurs talabalarini 2022 - yil 21 - aprel kuni “Tash GRES nasos stantsiyasi”ga tashrif buyurishdi.
Talabalarga korxonani Bosh muhandisti va boshqa mutaxassislari tomonidan korxonani ma’lumotlari bilan tanishtirib chiqishdi. Ishlab turgan holatdagi hamda zahirada turgan nasoslar bilan tanishtirib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga korxona mutaxassislari tomonidan keraklicha ma’lumotlar olishdi. Talabalar juda qiziqarli va kerakli ma’lumotlarni olishdi hamda kelgusida malakaviy amaliyotlarni ham shu yerda tashkil etishni kelishib olishdi.
Universitet matbuot xizmati