TIQXMMI yangiliklari

img
20.04.2022

5+1 tizimi bo‘yicha tashrif

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti  “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti “Texnologik jarayonlarni ishlab chiqarish va avtomatlashtirishni boshqarish” kafedrasi dotsenti E.Bozorov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan, talabalarni ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiyasini yaxshilash va yangi texnologiyalar bilan tanishtirish keng targ‘ib qilish maqsadida 1 kurs talabalarini 2022 - yil 20 - aprel kuni “Oqtepa 9-sonli Kaskad GES”ga  tashrif  buyurishdi.

Talabalarga korxonani Bosh muhandisti va boshqa mutaxassislari tomonidan korxonani ma’lumotlari bilan tanishtirib chiqishdi. Ishlab turgan holatdagi hamda zahirada turgan nasoslar bilan tanishtirib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga korxona mutaxassislari tomonidan keraklicha ma’lumotlar olishdi.

Talabalar juda qiziqarli va kerakli ma’lumotlarni olishdi hamda kelgusida malakaviy amaliyotlarni ham shu yerda tashkil etishni kelishib olishdi.

 

 “TJICHAB” kafedrasi dotsenti E.Bozorov  axboroti

Universitet matbuot xizmati