5+1 dasturi asosida ko‘chma dars
“Gidromelioratsiya” fakulteti 5450700-Suv ta’minoti muhandislik tizimilari ta’lim yo‘nalishi 4 kurs 406-guruh talabalarini, 2021 yilning 23 oktyabr kuni “E va SRB” kafedrasi dotsenti M.Abduqodirova “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ rahbari M.Abbosxonov hamda yetakchi ilmiy xodimi J.Durxadjaevlar bilan birgalikda “Salar oqova suv tozalash inshooti” da ko‘chma mashg‘ulot tashkil etildi.
Mutaxassislar tomonidan talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Suv havzalarini va atrof muhitni muhofaza qilish va suv tanqisligi muammosini echishda kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash hamda oqova suvlarni tarkibida tozalashning fizika-ximiyaviy va biologik inshootlari bo‘lgan kanalizatsiya tizimi to‘g‘risida tassavvurga ega bo‘lishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati