5+1 dasturi amalda
“Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv ta’minoti muhandislik tizimlari” ta’lim yo‘nalishi 307-guruh talabalari kafedra dotsenti Abduqodirova Malohat boshchiligida «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti» davlat muassasasida “Ichimlik suv ta’minoti tizimlari ekspluatatsiyasi” fanidan o‘z amaliy mashg‘ulotlarini o‘tqazdi.
Mazkur mashg’ulotda “Gidroingeo instituti” DMsi markaz mudiri, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim Abdullayev Botir Dadajonovich ishtirok etdi. Ichimlik, mineral, termal va sanoat uchun zarur suvlarni qidirib topish, zaxirasini hisoblash, suvni neft mahsulotlari bilan ifloslanishdan saqlash, xavfli muhandislik, geologik jarayonlarni bashoratlash, gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi boʻyicha tuzilgan hisob-kitob va rejalarni ekspertiza qilish kabi muammo va mavzular boʻyicha izlanishlar olib borishi. haqida talabalarga ma’lumotlar berdi.
Universitet matbuot xizmati