TIQXMMI yangiliklari

img
06.06.2024

5-iyun “Butunjahon atrof-muhit kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o’tkazildi

5-iyun “Butunjahon atrof-muhit kuni” hisoblanadi. Mazmun-mohiyatiga ko‘ra bu sana insoniyat oldida turgan keng ko‘lamli va chuqur ildiz otishga ulgurgan muammolarga yechim izlashga bag‘ishlangan muhim sanadir. Bu ekologik sana yer yuzida yashovchi barcha insonlarni tabiat muhofazasi bilan bog‘liq faoliyatga jalb qilish, keng jamoatchilik ongi-tafakkurida tabiiy resurslarni asrash, ulardan oqilona foydalanish orqali tabiiy boyliklarni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish mas’uliyatini anglatishga qaratilgan sanadir.

Joriy yilning 5-iyun kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “Ekologiya va huquq” fakulteti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston ekologik harakati, O‘zbekiston Respublikasi “tong yulduzi” bolalar va o‘smirlar gazetasi, “Medical Express” jamoat birlashmasi va xalqaro ixtisoslashgan tibbiyot ilmiy-amaliy multimedia jurnali bilan hamkorlikda ushbu sanaga bag‘ishlangan tadbir o’tkazildi. Unda bir qator soha mutaxassislari, universitetning professor-o’qituvchilari va “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirda Ekologiya bilan bog‘liq o‘tkazilgan tanlovlardan kelib tushgan videoroliklar taqdim etildi, g‘oliblar taqdirlandi. Shuningdek, unda ekologik masalalarda jonbozlik ko‘rsatgan va ayni masalada bir qancha tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lgan qo‘ygan bir qator universitetimiz professor-o’qituvchilari va faol talabalar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

“Ekologiya va huquq” fakulteti dekani X.Pirmatov axboroti

Universitet matbuot xizmati