TIQXMMI yangiliklari

img
24.11.2021

23-noyabr kuni poytaxtda “InnoWeek.Uz-2021” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi boshlandi

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan “InnoWeek.Uz-2021” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligining rasmiy ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda 50 ga yaqin xorijiy davlatlardan va maxalliy ilmiy-innovatsion markazlar, investitsiya fondlari, texnologiya agentliklari, texnoparklar va biznes-inkubatorlar vakillari, ekspertlar, oliy ta'lim muassasalari, olimlar ishtirok etmoqda. Ochilishda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov tadbir ishtirokchilariga minnatdorlik bildirib, ushbu haftada “InnoWeek.Uz-2021” tajriba almashish, yangi loyihalarni o‘rganishga ko‘maklashishini alohida qayd etib o‘tdi. 27 noyabrga qadar davom etadigan tadbir doirasida ko‘plab tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida o‘tkazilayotgan tadbir ishtirokchilari va mehmonlari uchun xalqaro innovatsiyalar yarmarkasi ochildi. Birinchi qavatda yashil energetika sohasida faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlarning ilmiy loyihalari, stendlarini ko‘rish mumkin. Ikkinchi qavatda oliy ta'lim muassasalari, mahalliy tadbirkorlar va texnologik marafon ishtirokchilarining loyihalari namoyish etiladi. Uchinchi qavatda xorijiy ishlab chiqaruvchilarning stendlari, to‘rtinchi qavatda esa, Innovatsion rivojlanish vazirligi tasarrufidagi Yashnobod innovatsion texnologiyalar parki rezidentlarining mahsulotlari joy olgan. Parallel ravishda, shu kuni Technoways ishtirokchilari o‘z loyihalarini taqdim etishdi va 24-noyabr kuni investorlar tomonidan mablag‘ bilan taʼminlanadigan g‘olib startaplar aniqlanadi.

Ushbu haftalikda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti uchun ham burchak ajratilgan bo’lib u yerda, institut iqtidorli talabalari hamda yosh olimlari tomonidan tayyorlangan ilmiy-innovatsion ishlanmalar namoyish etilmoqda. Shuningdek, institutning bir qancha iqtidorli talabalari ushbu tadbir doirasida tashkil etilgan “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonida faol ishtirok etmoqda. Ma’lumot uchun, ushbu haftalik 27-noyabrga qadar davom etadi barcha qiziquvchilarni haftalikda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

TIQXMMI matbuot xizmati