TIQXMMI yangiliklari

img
17.04.2022

22 aprel - Butunjahon yer kuni

Yer umummilliy boylik, uni asrab-avaylash barchamizning burchimizdir. “22-aprel – Butun jahon yer kuni” munosabati bilan joriy yilning 16 va 23-aprel kunlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida “Oʼzbekistonda yer resurslarini boshqarishning innovatsion yondoshuvlar, istiqbol va vazifalar” mavzusida ilmiy- amaliy seminar hamda iqtidorli talaba-yoshlar oʼrtasida turli tanlovlar va koʼrgazmalar tashkil etildi. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Davlat soliq qoʼmitasi huzuridagi kadastr agentligi va Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti hamkorligida tashkil etilgan tadbirni ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektor, t.f.d. T.Z.Sultonov ochib berdi.

Ushbu tadbir har yili universitetimizda 16-22 aprel kunlari “Bizning yer, bizning kelajak” shiori ostida, talaba-yoshlar oʼrtasida tanlov asosida tashkil qilinadi. Unda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va uning Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti va Qarshi irrigattsiya va agrotexnologiyalar instituti talabalari ham ishtirok etishdi.

Bugun tanlovning birinchi kuni. Unda barcha talaba-yoshlar “Bizning yer, bizning kelajak” mavzusida fotosuratlari koʼrgazmalari, “Yer umummilliy boylik” mavzusida intellektual oʼyin, “Yer bizning yagona uyimiz” mavzularida video filmlar tanlovlarida faol ishtirok etishdi. Ushbu tadbirni oʼtkazishdan maqsad keng jamoatchilikning, xususan yoshlarning eʼtiborini yer resurslarini barqaror boshqarish va ulardan oqilona foydalanish, yerni muhofaza qilish bilan bogʼliq dolzarb muammolar hamda yer resurslarini saqlash borasidagi islohotlarga qaratilgan.

Hamda shu maqsadda oʼtkazilgan tanlovlar iqtidorli, bilimli yoshlarni saralashdan iboratdir. Tanlov nominatsiyalariga koʼra “Bizning yer, bizning kelajak” mavzusida 56 nafar talabalar fotosuratlari koʼrgazmalari bilan “Yer umummilliy boylik” mavzusida 30 nafar jamoa intellektual oʼyinga hamda “Yer bizning yagona uyimiz” mavzularida 41 nafar faol talabalar videofilmlar bilan ishtirok etdi.

Tanlovda gʼolib boʼlgan talabalar 3 ta nominatsiyaning 1, 2 va 3 oʼrinlari boʼyicha pul mukofotlari, tashkilot va korxonalar tomonidan sovgʼalar bilan taqdirlanishi koʼzda tutilgan. Gʼolib  boʼlgan talabalarni 22 aprel kuni taqdirlanadi. Bugun tanlovning birinchi kuni boʼlishiga qaramasdan har bir fakultetlardan ijodkor, tashabbuskor, bilimga chanqoq talabalar oʼzlarining ijodiy ishlari, fotosuratlar, innovatsion gʼoyalar koʼrgazmasi hamda intellektual o’yinlari bilan faol ishtirok etishdi.  Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.

Universitet matbuot xizmati