TIQXMMI yangiliklari

img
06.06.2022

2021-2022 o’quv yili yakunlanmoqda

Joriy yilning 4-iyun kuni Universitetimizning G-bino 2-ma’ruzalar zalida Gidromelioratsiya fakulteti dekani A.Fatxulloyev , dekan o’rinbosarlari F.Babajanov va A.Qoraboyevlar ishtirokida 1-bosqich talabalari bilan “2021-2022 o’quv yili yakunlari bo’yicha” davra suhbati bo’lib o’tdi.

Davra suhbati dasturida ko’rilgan masalalar: Universitet odob-ahloq odobi kodeksi ijrosi, O’quv jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil etish mohiyati, Talabalarning yashash sharoitlarini tahlil qilish (TTJ talabalari), O’quv amaliyotlarini tashkil etish.

Yuqoridagi masalalar bo’yicha Fakultet dekani A.Fatxulloyev Universitet odob-axloq kodeksi rioya etish bo’yicha to’xtalib o’tdi. Suhbat davomida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli qarori asosida “O’quv jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil etish mohiyati” haqida tushunchalar berdilar.

Suhbat davomida barcha fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirgan talabalarga va ularning ota-onalariga tashakkurnoma berish taklifini berdi va shu o’rinda fanlardan qarzdorligi mavjud bo’lgan talabalarga “Yozgi semestr” qanday tartibda tashkil etilishi haqida ma’lumot ham berildi.

Talabalar o’zi qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Universitet matbuot xizmati