TIQXMMI yangiliklari

img
09.06.2022

2021-2022 o‘quv yili sarhisobi va yangi o‘quv yili rejalari hamda ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil qilish.

Joriy yilning 8-iyun kuni Universitetimizning G-bino 2-ma’ruzalar zalida Gidromelioratsiya fakulteti dekani A.Fatxulloyev, dekan orinbosarlari S.Mansurov, F.Babajanov, A.Qoraboyev 3-bosqich talabalari bilan 2021-2022 o‘quv yili sarhisobi va yangi o‘quv yili rejalari hamda ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil qilish boyicha davra suhbati otkazildi.

Davra suhbati davomida fakltet dekani tomonidan talabalarga quyidagi belgilangan masalalar bo‘yicha ogohlantirish va ko‘rsatmalar berib o‘tdi:

Universitet odob-ahloq odobi kodeksi ijrosining ta’minlanishi;

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qaror 3-ilovasi Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bob 36-bandi (Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin);

Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 26 sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, (ro‘yxat raqami 3069) oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomini;

talabalarning yashash sharoitlarini tahlil qilish (TTJ va ijarada yashaydigan talabalar). O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining 2021 yil 26 fevraldagi topshirig‘i hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 5 martdagi “Oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilarining yashashi uchun qulay sharoitlar yaratish choralarini ko‘rish to‘g‘risida”gi buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida fakltet dekani hamda guruh murabbiylari ishtirokida talabalarning yashash sharoitlari va ijara xonadonlarining holati qizil (og‘ir sharoit), sariq (o‘rta sharoit) va yashil (yaxshi sharoit) toifalarga ajratilgan holatda o‘rganib chiqildi;

ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil qilish. Xususan korxona va tashkilotlarda bulajak mutaxassislarning ishlab chikarish amaliyoti jarayonini nazorat qilish masalalari haqida suhbat olib borilodi.

O‘tkazilgan davra suhbati davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishib, tadbir ularda ijobiy taassurot qoldirdi. Tadbir yakunida fakltet dekani tomonidan darslarni yaxshi o‘zlashtirib, a’lo baholarga o‘qiyotgan, yaxshi xulqi bilan o‘z tengdoshlariga namuna bo‘lib, ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda tanlovlarda faollik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh talabalarning ota-onasiga tashakkurnoma yuborishni takitladi.

Universitet matbuot xizmati