TIQXMMI yangiliklari

img
02.02.2024

2-fevral “Butunjahon suv-botqoq hududlari kuni”

     2-fevral “Butunjahon suv-botqoq hududlari kuni” munosabati bilan “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari” Milliy tadqiqot universitetida davra suhbati va sayyor yig‘ilish bo’lib o’tdi. Bugungi “Butunjahon suv-botqoq hududlari kuni” ga bag‘ishlangan tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya  qo‘mitasi, “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari” Milliy tadqiqot universiteti, O‘zbekiston Ekologik harakati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi va Toshkent shahar partiya tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Tadbirni universitetimiz rektori, professor Mirzayev Baxodir Suyunovich ochib berdi va barcha ishtirokchilarni “Butunjahon suv-botqoq hududlari kuni” bilan tabriklab, O’zbekistonda suv-botqoq hududlarning ahamiyati haqida nutq so’zladi.

Oliy Majlis Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi Alixonov Boriy Botirovich ham barcha ishtirokchilarni “Butunjahon suv-botqoq hududlari kuni” bilan tabriklab, Ramsar konvensiyasi va uning respublikamiz uchun ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir davomida “Ramsar 2024: “Hayot suv-botqoqlar va odamlarni bog‘laydi”, “O‘zbekistonda suvtejovchi texnologiyalardan foydalanish”, “Toshkent shahri havosining ifloslanishi muammolari, ekologik vaziyatni  yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan ishlarga  bag‘ishlangan jamoatchilik eshituvi yakunlari” va “Yuqori minerallashgan va sho‘r ichki suv xavzalarining global ta'rifi va Ramsar Konvensiyasi uchun ahamiyati” kabi mavzularda yetuk mutaxassislar va professor-o’qituvchilar tomonidan taqdimotlar qilindi. Tadbir so’ngida professor-o’qituvchilar, soha vakillari va universitetning talabalari tomonidan qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Universitetning “Ekologiya va huquq” fakulteti muhim ekologik sanalarda talaba yoshlarning ekologik savodhonligini oshirish maqsadida turli hil o‘quv seminarlar va davra suhbatlarini muntazam ravishda tashkillashtirib kelinmoqda. Bugungi qo‘shma tadbirimiz ham “Butunjahon suv-botqoq hududlari kuni” munosabati bilan jamoatchilik e'tiborini suv-botqoq yerlarning tabiiy jarayonlar va insoniyat hayotidagi beqiyos o‘rniga, ularning zaifligi va ulardan oqilona foydalanish muhimligiga qaratilgan.

 

Ekologiya va huquq fakulteti dekani X.Pirmatov