TIQXMMI yangiliklari

img
18.12.2022

Birikkan kuch – kuch, birikmagan kuch – puch

        Joriy yilning 15 dekabr kuni GTS, YeRB, SXTEB, GM fakulteti 1 kurs Xor jamoasi talaba yoshlari bilan universitet psixologi va xormeysteri M.K.Muhammedova, GTS fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini A. Azimov, GTS, YeRB, SXTEB va GM fakulteti tyutorlari A.Xaydarov, D.Xursandova, X.Saidova, M.Vafoyeva, D.Egamova, O.Abdisamatov, А.Hayitova, D.Axrarova va 1-TTJ tarbiyachi-pedagogi M.Asrorovalar tomonidan “Hamjihatlik – davlat, yolg'izlik – kulfat” shiori ostida talaba yoshlarni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlar va an'analarga sodiq bo'lish, hamjihatlilik, oqibatlilik va mehr muruvatlilik xususiyatlarini yanada kuchaytirish maqsadida tadbir tashkil etildi.

       Tadbirda barcha talabalar tarbiyasiga mas'ul shaxslar va talabalar faol qatnashishdi. Tadbir ishtirokchilari yig'ilishdan o'zlari uchun olam – olam zavq va kelajakdagi ijodiy faoliyatlariga qanot bera oladigan motivatsiyalar olishdi. Tadbir ko'tarinki, yangi yil kayfiyatini o'zida uyg'unlashtira olgan holatda yakunlandi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati