TIQXMMI yangiliklari

img
01.05.2022

BioEcUz: Birinchi Bioiqtisodiyot forumida universitetimiz delegatsiyasi faol qatnashdi

O‘zbekiston Respublikasi Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filialida universitetlar, davlat muassasalari va iqtisodiyotning turli tarmoqlari, korxonalari uchun bioiqtisodiyot bo‘yicha 28 aprel kuni “Mamlakatlar va hududlarning barqaror rivojlanishi uchun bioiqtisodiyot” nomli birinchi xalqaro ilmiy-amaliy forum ikkinchi kuni. Litvaning Vitautas Magnus universiteti professori Vlada Vitunskiene “Bioiqtisodiyotga oid tadqiqotlar va innovatsiyalar: ehtiyojlar va muammolar”, Finlyandiyaning JAMK Amaliy bilimlar universiteti Bioiqtisodiyot instituti direktori professor Minna Lappalainen “Bioiqtisodiyot kun tartibini belgilash va bioiqtisodiyot ekotizimini rivojlantirishda oliy ta’limning o‘rni” mavzularida ma’ruza eshitildi. Shuningdek, “O‘zbekistonda bioiqtisodiyotga oid ta’lim va tadqiqotning asosiy istiqbollari hamda muammolari” masalasida keng muhokama qilindi.

“Bioiqtisodiyot haqidagi bilimlar, biznes rivojlanishini qanday oshirishi”, “Oliy ta’limni bioiqtisodiyot tarmoqlarining yaxshilanishidagi o‘zgarishlari”, “Biznes innovatsiyalarida oliy ta’lim muassasalarining o’rni”, “O‘zbekiston iqtisodiyoti bioiqtisodiyot yo‘lida” parallel sessiyasi – ilmiy taqdimotlar va tadqiqot bahslari” kabi mavzularda taqdimotlar eshitildi.

Forum so‘nggida ishtirokchilar bilan keng tarmoqli loyihalar amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirildi. Forum juda sermazmun va foydali bo‘lib o‘tdi.

Forum Latviya Hayot fanlari va texnologiyalar universiteti rahbarligidagi Yevropa Ittifoqining “ERASMUS+” dasturi tomonidan moliyalashtiriladigan “BioEcUz” konsorsiumi tomonidan “O‘zbekistonda bioiqtisodiyotni barqaror rivojlantirish bo‘yicha yangi magistratura dasturi” № 619294-EPP-1- 2020-1-LV-EPPKA2-CBHE-JP loyihasi doirasida tashkil etildi.

Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti iqtisodiyot kafedrasi o'qituvchisi, iqtisod fanlari doktori, PhD, dotsent Murodova sh. m. rahbarligida 3-kurs talabasi Axmedova L. va Shonazarova A. taqdim etdilar.

Axmedova Lola talabalari tomonidan tayyorlangan eng yaxshi taqdimot tanlovi natijalari bo'yicha  "Increased performance efficiency of agricultural organizations on the basis of resource-saving technologies” mavzuida afishani tayyorlab, 3-o'rinni egalladi. Forumda mukammal ishtirok etish uchun talabalar va o'qituvchilar g'olib uchun maxsus sertifikat va sovrin bilan taqdirlandilar.