News

img
17.02.2022

 Mirzo Boburga bagʻishlangan tadbir

Kafedra mudiri I.Sapayev, professor oʻqituvchila S.Xodjibekov, L Suvonova, A Axmedov, A Choriyev, A Karimovlar 14.02.2022 - y. kalendar rejasiga asosan bobokalonimiz, shoh va shoir Zahiriddin Muhlammad Boburning tugʻilgan kuniga bagʻishlangan “Shoh va shoir bobomiz” nomli tadbirda ishtirok etdilar.Tadbirda kafedra mudirimiz soʻzga chiqdilar va Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yoʻllari toʻgʻrisida qisqacha nutq soʻzladilar. Kafedramizdagi faol ustozlarimizdan boʻlgan A.Axmedov tomonidan jonli ijroda bir nechta qoʻshiqlar ijro etildi.

Tadbirda mahalla faollari ham qatnashdilar. Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi, ilmiy faoliyati, ijodiy faoliyati toʻgʻrisida suxbatlar boʻldi. Bobokalonimizning gʻazallaridan parchalar oʻqildi. Tadbirda fakultetimiz faol talabalari tomonidan ham ijodiy parchalar ijro etildi. Fakultetimiz dekan muovini  A.Karimov ham tadbirda faol ishtirok etdilar. Tadbirda “Fizika va kimyo” kafedrasi oʻqituvchisi,asistent L.Suvonova Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi toʻgʻrisida bir qancha maʼlumotlarni berib oʻtdilar.

  

GM fakulteti “Fizika va kimyo” kafedrasi  axboroti 

 Universitet matbuot xizmati