24.11.2023
Intilganga tole yor
“Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1- bosqich talabalarining talabalar turar joyida yakuniy nazoratlarga tayyorgarliklari tekshirildi. Talaba-yoshlar xonalarida, kutubxonalarda, kompyuter xonalarida fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlarga tayyorgarlik ko‘rishayotganligi bizlarni quvontirdi. Talabalarning yaxshi o‘qishlari uchun universitetimizda xam, yotoqxonalarda xam xamma shart-sharoitlar mavjud. Ularning yaxshi o‘qib kelajakda yetuk mutaxassislar bo‘lishlariga tilakdoshmiz. Intilganga tole yor deb bejiz aytishmagan.
"Iqtisodiyot" fakulteti tyutorlari
D. Egamova va G.Shodiyeva axboroti
Universitet matbuot xizmati