News

img
22.12.2021

 Ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishi

Mamlakatimizda  jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. “JIU-JITSU” sport turi ham dunyoda keng rivojlanib borayotgan zamonaviy yakkakurash turlaridan biridir. Mazkur sport turidan muntazam jahon va qit’a chempionatlari, xalqaro turnirlar o‘tkazib kelinmoqda. 2021 - yil 17-18 - dekabr kunlari Jiu-Jitsu sport turi bo‘yicha Qozog‘istonning Turkiston  shahrida o‘tkazilgan kattalar va professionallar  o‘rtasida AIGA TURKISTAN OPEN 2021 Xalqaro musobaqasida "Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash" fakulteti SXMIM ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 403-guruh talabasi Rustamov Sirojbek 65 kg. vazn toifasida 1-o‘rinni egallab oltin medal sohibi bo‘ldi.

 

TIQXMMI milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati